Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

QONUNNI BILIB KATTA BO'LAMIZ


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasining tashabbuskorlik rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyer shahar DXM va FHDY xodimlari tomonidan Yangiyer shahar 7-sonli umumta’lim maktabida 3-sinf o'quvchilariga “Siz qonunni bilasizmi” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga huquqiy bilim berishga qaratilgan bo‘lib, dars mashg‘uloti davomida bolalar yoshiga mos, sodda va qiziqarli shaklda o‘tkazilib, ularga qonunlar, qoidalar hamda o‘z huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berildi.

Huquqiy mavzular hayotiy misollar orqali tushuntirilib, bolalarda qonunga hurmat, jamiyat qoidalariga amal qilish ko‘nikmalari shakllantirildi.