Янгиликлар
22
Bolalar va yoshlar huquqlari himoya qilinadi
Yangiyer shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 3 martdagi PF-33-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida shahar va mahalla ishchi guruh a’zolari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida Adliya bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar mas’ullari tomonidan ishtirokchilarga farmonning mazmun-mohiyati, uning ahamiyati, profilaktika chora-tadbirlarini samarali tashkil etish masalalari tushuntirib o‘tildi.
Yig‘ilish davomida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, erta nikoh va zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib, mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.