Янгиликлар
22
Fuqaro 20 yilda o‘z uyining qonuniy egasi bo‘ldi
Fuqaro M.Ochilova 2005 yildan buyon Yangiyer shahridagi “T.Malik” mahallasida joylashgan xonadonda yashab kelmoqda. U bu uyda mehnat qildi, ta’mirladi hamda kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab keldi. Biroq ushbu holat hujjatlarda o‘z aksini topmagan edi.
Yangiyer shahar adliya bo‘limiga kelib tushgan mazkur murojaat mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganildi. Hujjatlar to‘planib, qo‘shnilar tushuntirishlari va mahalla dalolatnomalari bilan tasdiqlandi.
Qonunchilikka ko‘ra, agar shaxs ko‘chmas mulkka 15 yildan ortiq vaqt davomida halol, oshkora va uzluksiz egalik qilsa, u mazkur mulkka nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritishi mumkin.
Shundan kelib chiqib, adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Natijada sud qarori bilan M.Ochilovaning ushbu xonadonga nisbatan mulk huquqi rasman e’tirof etildi.