Янгиликлар
23
Yoshlar bilan ochiq muloqot - amaliy yechimlar sari muhim qadam
Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa mahallasida 2789 nafar aholi istiqomat qiladi, ularning 674 nafarini yoshlar tashkil etadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov ishtirokida o‘tgan uchrashuv rasmiy formatdan xoli, erkin va ochiq muloqot tarzida tashkil etildi. Davra suhbatida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularga huquqiy jihatdan amaliy tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida qonunchilikdagi yangiliklar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek huquqiy masalalarning yechimlari xususida atroflicha fikr almashildi. Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.
Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, ish izlayotgan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Bu esa uchrashuvning nafaqat muloqot, balki amaliy natijalarga yo‘naltirilganini yana bir bor namoyon etdi.