Янгиликлар
23
Ajrimlarning oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar
Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, ularning ijrosini ta’minlash hamda mahallalarda sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, “Ma’rifat”, A.Jomiy va Z.Bobur mahallalarida o‘tkazilgan uchrashuv va davra suhbatlari davomida mazkur qarorlarning ahamiyati, xususan, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, notinch oilalar bilan manzilli ishlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Targ‘ibot tadbirlarida fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, oilaviy nizolarni sudgacha hal etish mexanizmlari haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, ajrim yoqasidagi oilalar bilan individual suhbatlar tashkil etilib, ularning muammolari o‘rganildi hamda amaliy tavsiyalar berildi.