Янгиликлар
23
Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan!
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” mavzusida 5-sonli umumta’lim maktabida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
"Huquqiy bilimlar oyligi" doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va majburiyatlari haqida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori mazmun-mohiyati hamda “Mening mahallamda jinoyatchilik bo‘lmaydi” dasturi doirasida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Muloqot jarayonida o‘quvchilar bilan qonunlarga hurmat, ona yurtga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar borasida fikr almashildi. Yakunda mavzu doirasida savol-javoblar uyushtirilib, ishtirokchilarning huquqiy bilimlari mustahkamlandi.