Янгиликлар
23
Shirin shaharda ajrim yoqasidagi va nizoli oilalar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026- yil 5-yanvardagi PQ-1-son hamda 2026 -yil 5-yanvardagi PQ-2-son qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Shirin shahar adliya bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, IIB, mahallalar uyushmasi Shirin shahar bo‘limi, Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Shirin shahar bo‘limi xodimlari tomonidan A.Temur MFYda muammoli oilalar bilan manzilli ishlash ishlari tashkil etildi.
Suhbatda oilaviy nizolar sabablari, ularni bartaraf etish yo‘llari, farzand tarbiyasi va sog‘lom muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda komissiya a’zolari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Oilalar bilan individual suhbatlar olib borilib, muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.