Янгиликлар
24
Mirzaobod tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Yoshlar kuni" munosabati bilan tumandagi Dehqonobod mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi
Mazkur uchrashuv davomida yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida, har bir yoshning murojaatlariga alohida e’tibor berilib, ijroga qaratildi.
Shuningdek, tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligiga, oilaviy muhitga va jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan jiddiy zararli oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan muammolar, ularning oldini olish choralari hamda sog‘lom hayot tarzining ahamiyati batafsil tushuntirildi.