Янгиликлар
24
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Xovos tumanidagi Sharqobod mahallasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vijdon erkinligini ta’minlash, diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash hamda diniy sohada davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qabul qilingan konsepsiya mazmun-mohiyati tushuntirilib, uning jamiyat barqarorligi va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Shu bilan birga, tadbirda shar’iy nikoh, erta nikoh va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borilib, bunday holatlarning oldini olish, oilalar mustahkamligini ta’minlash va yoshlar tarbiyasida huquqiy bilimlarni oshirish muhim ekani qayd etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar hamda huquqiy maslahatlar berildi.