Янгиликлар
24
Adliya xodimlari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida – tarix bilan yuzma-yuz
Guliston davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi xalqimizning og‘ir va mashaqqatli o‘tmishini yodga soluvchi, tarixiy adolatni tiklashga xizmat qilayotgan ma’naviy maskanlardan biri hisoblanadi.
Mazkur muzey Turkiston mustamlakachilik davri hamda XX asrning 20–30 yillaridagi siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularning hayoti va faoliyatiga oid noyob hujjatlar, fotosuratlar va eksponatlarni saqlash hamda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil qilingan.
Muzeyda Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, sho‘rolar davridagi “quloqlashtirish” siyosati, 1930-yillardagi ommaviy qatag‘onlar hamda mustaqillik uchun kurashgan vatandoshlarimiz hayoti aks ettirilgan.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi jamoasi ushbu muzeyda bo‘lib muzey eksponatlari, arxiv materiallari va qatag‘on qurbonlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar.