Янгиликлар
09
“Yoshlar kuni” doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov viloyat yuridik texnikumi o'quvchilari bilan uchrashdi
Erkin muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda o‘z iqtidor va iste’dodini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida keng ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, huquqshunoslik kasbining jamiyat hayotidagi o‘rni, ushbu sohaning sharafi va mas’uliyati haqida so‘z yuritilib, yosh huquqshunoslarga qonun ustuvorligini ta’minlashdek sharafli vazifalarni bajarishda bilim, mas’uliyat va fidoyilik zarurligi haqida muhim tavsiyalar berildi.
Tadbirning ikkinchi qismida adliya rahbari boshchiligida "Bahodir Yalangto‘sh" filmi tomosha qilindi. Vatanparvarlik, mardlik va jasorat g‘oyalarini tarannum etuvchi mazkur film yoshlarda Vatanga sadoqat hamda ajdodlar merosiga yuksak ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.