Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Amir Temur merosi - yoshlarga ibrat maktabi


Amir Temur o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk shaxs sifatida alohida o‘rin tutadi. U nafaqat yurtni mo‘g‘ullar zulmidan ozod etishga bosh bo‘lgan millat qahramoni, balki temuriylar nomi ostida yigirma yetti mamlakatni qamrab olgan markazlashgan davlat asoschisi, yengilmas sarkarda va yuksak tafakkur sohibidir.

Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilari ishtirokida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Amir Temurning hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yuksak mahorati, harbiy strategiya sohasidagi noyob tajribasi hamda uning mashhur “Kuch - adolatda” tamoyilining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ma’rifiy tadbirning amaliy qismida yoshlar e’tiboriga “Buyuk Amir Temur” tarixiy-badiiy filmi havola etildi.