Янгиликлар
09
ODAM SAVDOSI - HAYOT ZAVOLI
Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Odam savdosi - hayot zavoli" mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida odam savdosining xavf-xatarlari, uning jamiyat va inson hayotiga salbiy ta’siri, ushbu illatning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni ogohlikka chaqirish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish va turli firibgarliklarga uchramaslik bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.