Янгиликлар
09
Ogoh bo‘ling, firibgar!
Bugungi kunda firibgarlik jinoyatlarining ko‘rinishlari tobora murakkablashib bormoqda. Internet tarmoqlari, ijtimoiy platformalar va mobil ilovalar orqali sodir etilayotgan noqonuniy harakatlar ko‘pincha yoshlar hamda o‘quvchilarni nishonga olmoqda. Shu bois aholining, ayniqsa yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish bugunning dolzarb vazifalaridan biriga aylangan.
Ana shu maqsadda “Ogoh bo‘ling, firibgar!” shiori ostida Oqoltin tumanidagi texnikumda huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida firibgarlikning zamonaviy usullari, kiberjinoyatchilar tomonidan qo‘llanilayotgan aldov mexanizmlari hamda bunday huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘llari haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodira Jonibekova, “Adolat” SDP viloyat Kengashi deputati Jamol Komilov hamda Oqoltin tumani adliya bo‘limi mas’ul xodimi E. Matjonov ishtirok etdi.