Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Ma’rifat soati” tashkil etildi



Tadbir buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlanib, “Jahon tamaddunida Sohibqiron renessansi” mavzusida o‘tkazildi.

Tadbir davomida Amir Temurning boy hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati hamda jahon tarixida tutgan o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ta’kidlanganidek, Sohibqiron nafaqat kuchli sarkarda, balki ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor qaratgan buyuk siymodir.

Davra suhbatida boshqarma xodimlari o‘rtasida qizg‘in fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yakunida boshqarma xodimlariga siyosiy-ma’rifat soati doirasida tayyorlangan videorolikning 14-soni namoyish etildi.