Янгиликлар
10
Brendini roʻyxatidan oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxslar uchun qulayliklar yaratildi
Intellektual mulk obyektlariga ega boʻlishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar uchun brendlarini roʻyxatdan oʻtkazish, ularni tijoratlashtirishda koʻmaklashish maqsadida Adliya vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra “Intellektual mulk markazi” davlat muassasaning hududiy filiallari tashkil qilindi.
Oʻz brendlarini rasmiylashtirmoqchi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun:
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish;
Ixtiro, foydali model va sanoat namunalari boʻyicha maslahat;
Talabnoma hujjatlarini toʻgʻri tayyorlash;
Onlayn tarzda hujjat topshirishda koʻmaklashish
masalalarida Guliston shahar adliya boʻlimi binosida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasaning hududiy filiali xodimlari tomonidan bepul maslahat va amaliy koʻmak koʻrsatiladi.
???? Murojaat uchun:
???? +998 91-075-66-77