Янгиликлар
13
Yoshlar bandligini ta’minlash yo‘lida
Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda mehnat bozoridagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada Toshkent kimyo texnologiyalari universiteti Yangiyer filiali bitiruvchi talabalari hamda mahallalardagi ishsiz yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida tashkilot va korxonalar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mehnat qonunchiligi, ishga joylashish tartibi, mehnat shartnomalarini tuzish hamda kasb tanlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar ham berildi.