Янгиликлар
01
SAYYOR XIZMAT - QULAY IMKONIYAT
Sardoba tumanida aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tuman markazidan olis hududda joylashgan Yangi qishloq hamda Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida Sardoba tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan navbatdagi sayyor xizmat tashkil etildi.
Mazkur sayyor qabul davomida fuqarolarga dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, turli yo‘nalishdagi davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bunday sayyor xizmatlar aholining ortiqcha ovora bo‘lishining oldini olish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda hududlarda xizmatlar qamrovini oshirishga xizmat qilmoqda.