Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Intellektual mulk huquqlari himoyada


Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Sirdaryo viloyat filiali bosh maslahatchisi hamkorligida Guliston davlat pedagogika institutida “Intellektual mulk huquqining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida intellektual mulkning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni, shuningdek, noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlarga o‘z ijodiy va ilmiy ishlanmalarini huquqiy jihatdan himoya qilish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari tushuntirildi.