Янгиликлар
01
Xovos tumanida my.gov.uz portalidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
Mazkur platforma orqali fuqarolar davlat xizmatlarini ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflamasdan, masofadan turib olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Jumladan, aholiga qulaylik yaratish maqsadida mahallalarda “Raqamli xizmatlar kuni” tadbirlari tashkil etilib, fuqarolarga pasport ma’lumotlarini tekshirish, jarimalarni ko‘rish, ariza yuborish kabi xizmatlardan foydalanish amaliy tarzda o‘rgatilmoqda. Ayniqsa, yoshlar va tadbirkorlar o‘rtasida ushbu portalning imkoniyatlari keng targ‘ib qilinmoqda.
Shuningdek, Xovos tumani Adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan joylarda tushuntirish ishlari olib borilib, aholining raqamli savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada, my.gov.uz orqali murojaatlar soni ortib, aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanmoqda.