Янгиликлар
01
SHAR’IY NIKOHGA BARHAM: 20 YILLIK MASALA QONUNIY YECHIM TOPDI
Oila jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini, inson hayotidagi eng muqaddas maskanlardan biridir. Nikoh esa ana shu muqaddas qo‘rg‘onni mustahkamlovchi huquqiy asos hisoblanadi.
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani “Ittifoq” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar – M.Bolbekov va G.Kadirova uzoq yillar davomida shar’iy nikoh asosida yashab kelgan. Ularning oilaviy hayoti 20 yil davom etgan bo‘lsa-da, nikoh huquqiy jihatdan rasmiylashtirilmagan edi.
Mazkur holat oila a’zolari uchun huquqiy masalalarda, mulkiy munosabatlarda va boshqa ijtimoiy jihatlarda noqulayliklarni keltirib chiqargan.
Fuqarolarning murojaati asosida Sayxunobod tumani FHDY bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, oilaning 20 yillik shar’iy nikohi qonuniylashtirildi.