Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xotin-qizlar huquqlari himoyada




"Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari" huquqiy aksiyasi doirasida Guliston shahar Navbahor, Yangi hayot va Nurafshon MFYlarida  targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Ushbu tadbirlar davomida xotin-qizlar huquqlari, oilaviy zo‘ravonlik holatlarini oldini olish hamda xotin-qizlarni turli salbiy illatlardan asrashning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, muloqotda firibgarlik, korrupsiya, giyohvandlik kabi jinoyatlarning jamiyat va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, bunday huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari haqida to‘xtaldi.

Tadbirda  bolaning hayoti, jinsiy daxlsizligi, sha‘ni, qadr-qimmati hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi xatti-harakatlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.