Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Adliya boshqarmasi 2025-yilda amalga oshirilgan faoliyat yakunlarini e’lon qildi




Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2025-yil davomida jami 30 mingdan ortiq targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni ijrosi doirasida boshqarma va tizim tashkilotlari tomonidan uyma-uy yurib xonadonlar o‘rganildi. Natijada 78 407 ta huquqiy muammo aniqlanib, ularning barchasining hal etilishi ta’minlandi.

Shuningdek, 2025-yil davomida davlat xizmatlari markazlari tomonidan 507 mingdan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 274 mingtagacha ortiq xizmatni tashkil etadi.

Mazkur natijalar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida e’lon qilindi. Tadbirda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlar, shuningdek 2025-yil yakunlari va 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Anjumanda OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdi. Unda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy va davlat xizmatlari sifati, shuningdek fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Matbuot anjumani ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati