Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Adliya aralashuvi bilan xodimlarning ish haqlari undirib berildi




“Sirdaryo suv ta’minoti” Sayxunobod tuman bo‘limida faoliyat yurituvchi xodimlar O. S. va D. P. ish haqlari o‘z vaqtida to‘lab berilmayotganligi yuzasidan viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilib, mazkur masalada amaliy yordam so‘rashgan.

Mazkur murojaat adliya boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida, haqiqatdan ham murojaatchilarga 2025-yil dekabr oyi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 12 million 315 ming so‘m miqdoridagi ish haqi o‘z vaqtida to‘lab berilmagani aniqlandi.

Shundan so‘ng, tashkilot mas’ullariga mehnat qonunchiligi talablari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar kiritildi. Ko‘rilgan choralar natijasida xodimlarning kechiktirilgan ish haqlari qisqa muddatda to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.