Янгиликлар
05
QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN TAKLIFLAR MUHOKAMA QILINDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qonunchilikni takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan muammolarni aniqlash hamda joylarda aniqlanayotgan huquqiy muammolarga yechim topsih maqsadida haftaning har payshanba kuni takliflar taqdimoti o‘tkazib kelinmoqda.
Taqdimotda Mirzaobod, Oqoltin va Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining mas’ul xodimlari tomonidan mehnat munosabatlari sohasida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar taqdim etildi.
Taqdimot davomida mehnat munosabatlarida amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar muhokama qilindi.