Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Fuqaroning mehnat huquqi tiklandi



Oqoltin tumanidagi Shodlik mahallasida yashovchi fuqaro F.D Mirzaobod tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, tumandagi 19-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidan 2026-yil 5-yanvar kuni noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilganini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Murojaat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida fuqaro F.D.ning ishdan bo‘shatilishi mehnat qonunchiligi talab va me’yorlariga zid ravishda amalga oshirilgani aniqlandi.

Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro F.D. 19-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi avvalgi ishiga tiklandi hamda uning murojaati ijobiy hal etildi.



Husan Hasanov,

Mirzaobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i