Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Yoshlar huquqlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi


Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan 2-sonli umum ta'lim maktabida o'tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan fuqarolarning huquq va burchlari, majburiyatlari, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Muloqot davomida jinoyat tushunchasi, jinoyat uchun javobgarlik va uning huquqiy asoslari, sudlanganlikning huquqiy ahamiyati, tuhmat va haqorat qilish, terrorizm, pora olish va berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, kabi qilmishlar jinoyat hisoblanishi hamda ular uchun qonunchilikda qat’iy jazolar belgilangani batafsil tushuntirildi.