Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Adliya ko‘magida fuqaroning O‘zbekistonda doimiy yashaganlik fakti sud orqali tasdiqlandi


Yangiyer shahar adliya bo‘limiga fuqaro M.B.ning O‘zbekiston hududida uzoq muddat yashaganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar davomida fuqaro M.B. Tojikiston Respublikasida tug‘ilgani, millati o‘zbek ekani hamda 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chib kelib, shu vaqtdan buyon Yangiyer shahrida doimiy yashab kelayotgani aniqlandi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan taqdim etilgan dalolatnomalarda fuqaroning uzoq yillardan buyon mahalla hududida istiqomat qilayotgani, “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgani hamda xo‘jalik kitoblarida qayd etilgani ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan doimiy yashashga ruxsatnoma berish yuzasidan tegishli xulosa ham rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

Qonunchilikka muvofiq, o‘zini O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish to‘g‘risida murojaat qilgan shaxs ariza topshirgan kunga qadar mamlakat hududida kamida o‘n besh yil doimiy yashab kelgan va mazkur davr mobaynida boshqa davlat fuqaroligida bo‘lmagan bo‘lsa, u O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.

Fuqarolik masalalarini hal etishda ayrim hollarda yashaganlik faktini sud tartibida aniqlash talab etilishi sababli, to‘plangan hujjatlar asosida Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaganlik faktini belgilash yuzasidan da’vo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan ish atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqaro M.B.ning mamlakatimiz hududida doimiy yashaganlik fakti tasdiqlandi.



Javohir Komilov,

Yangiyer shahar adliya bo'limi boshlig'i v.b.