Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

ADLIYA VA YOSHLAR




Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Guliston shahar adliya bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining Sirdaryo viloyatidagi vakili hamkorligida Guliston shahridagi 18-sonli umumta’lim maktabida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv jarayonida yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar jamiyatni tashvishga solayotgan dolzarb masala ekani ta’kidlanib, ayniqsa talonchilik, firibgarlik, o‘g‘rilik hamda kiberjinoyatlarning oldini olish yuzasidan zarur tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.