Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Sport maktabi o‘qituvchisining ish haqi undirib berildi



Guliston tuman sport maktabi o‘qituvchisi A.T. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilib, muassasa tomonidan noyabr–dekabr oylariga hisoblangan ish haqi to‘lab berilmayotganini bildirib, mazkur masalada amaliy yordam so‘radi.

Murojaat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, haqiqatdan ham fuqaro A.T.ga tegishli bo‘lgan noyabr–dekabr oylaridagi ish haqi to‘lanmagani aniqlandi.

Vaholanki, Mehnat  kodeksining 253-moddasiga ko‘ra xodimlarga  ish  haqi  to‘lash  muddatlari  jamoa  shartnomasida  yoki  ichki hujjatda,  ular  mavjud  bo‘lmaganda  esa  mehnat  shartnomasida  shart  qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas.

Mazkur holat yuzasidan muammoni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish uchun Sport boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi. Natijada fuqaro A.T.ga noyabr–dekabr oylari uchun 6 million 700 ming so‘m miqdoridagi ish haqi to‘lab berilishi ta’minlandi.