Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Sardobada huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi




Sardoba tuman adliya bo‘limi hamda Sardoba tuman ichki ishlar bo‘limi hamkorligida 12-sonli umumta’lim maktabida Prezidentning PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida pedagoglar va o‘quvchilarning ota-onalariga firibgarlik, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik, korrupsiya hamda boshqa turdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning jamiyat hamda yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, shuningdek ularning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Telefonsiz maktab” loyihasi yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borilib, maktab hududida mobil telefonlardan foydalanish tartibi, o‘quv jarayonida telefonning salbiy ta’siri hamda undan madaniyatli foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi.