Янгиликлар
12
KAMOLOTDA HUQUQIY TARG'IBOT
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan "Kamolot" mahallasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Prezidentning PQ-1 va PQ-2 sonli qarorlari ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida firibgarlik, kiberjinoyatchilik, uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatchilik qurboniga aylanishning oldini olish maqsadida bu kabi jinoyatlarning yangi turlari, sodir etilish usullari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, nizoli va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan individual suhbatlar tashkil qilinib, muammolar o‘rganildi.
Shu bilan birga, "Mulk huquqlari" oyligi doirasida xususiy mulkni himoya qilish, mulkka egalik qilish huquqlari, meros va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ularni qonuniy rasmiylashtirish yuzasidan tushunchalar berildi.