Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Nikoh qonuniy qayd etilib, oila huquqiy himoyaga ega bo‘ldi




Guliston shahar FHDY bo‘limi tomonidan Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi Bekmuratovlar oilasining 13 yil davomida shar’iy nikoh asosida davom etib kelgan oilaviy munosabatlari qonuniy tartibda rasmiylashtirildi.

Mazkur oila shu yillar mobaynida ahil va inoq hayot kechirib, 5 nafar farzandni voyaga yetkazgan. Biroq nikohning davlat organlarida qayd etilmagani sababli ayrim hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida turli qiyinchiliklarga duch kelishgan.

FHDY bo‘limi tomonidan nikohning qonuniy tartibda qayd etilishi natijasida oila a’zolarining huquqiy himoyasi ta’minlanib, farzandlarning kelajakda huquqiy masalalarda muammosiz faoliyat yuritishiga mustahkam zamin yaratildi.