Янгиликлар
13
Bobur merosi – qat’iyat va jasorat maktabi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Ma’rifat soati” tashkil etildi. Tadbir shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlanib, “Bobur – qat’iyat, kuchli iroda va jasorat timsoli” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumki, Buyuk bobokalonimiz Z.M. Bobur tarixnavis adib, lirik shoir va olim sifatida xalqimiz madaniyati tarixida munosib o'rin egallagan ulug' shaxsdir.
Davra suhbatida Bobur hayoti va faoliyati, uning davlat boshqaruvidagi salohiyati, ilm-fan va adabiyotga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, murakkab tarixiy sharoitlarda ham maqsad sari qat’iyat bilan intilgani haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, tadbirda hafta davomida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shundan so‘ng, boshqarma xodimlari e’tiboriga siyosiy-ma’rifat soati uchun taqdim etiladigan videorolikning 6-soni havola etildi.