Янгиликлар
13
Milliy libos kiyib, milliylikni ulug‘laylik
Bugun milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat ramzi sifatida nishonlanayotgan Milliy liboslar kuni munosabati bilan adliya boshqarmasi hamda tizim xodimlari ish faoliyatini milliy liboslarda tashkil etmoqda.
Milliy liboslar xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, madaniyati va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho meros hisoblanadi.
Shu bois bugun xodimlar xizmat vazifalarini milliy liboslarda bajarib, fuqarolarga huquqiy xizmatlar ko‘rsatish orqali milliylikka bo‘lgan ehtirom va sadoqatni namoyon etmoqda.