Янгиликлар
13
Olis va chekka hududlarda sayyor davlat xizmatlari davom etmoqda
"Huquqiy avtokarvon" loyihasi doirasida Xovos tumanidagi "Qahramon" mahallasida joylashgan davlat xizmatlar markazi filialida mulk huquqlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan davlat xizmatlari ko'rsatilib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda, ro'yxatdan o'tkazilmagan dehqon xo'jaliklari ro'yxatdan o'tkazilib, 18 ta dehqon xo'jaliklariga ro'yxatdan o'tkazilganligi tog'risida guvohnomalar berildi.
Shuningdek, elektron raqamli imzo olish bo‘yicha maslahat va amaliy yordam, yer mulkini kadastr ro‘yxatiga olish bo‘yicha tushuntirishlar, arizalar va hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘mak, shaxsiy va mulkiy huquqlar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.