Янгиликлар
13
OYNING ENG YAXSHI BOSHQARUV XODIMI ANIQLANDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi Umurzoqova Dilnoz Axmatovna yanvar oyi yakunlariga ko‘ra “Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi” deb e’tirof etildi.
Dilnoz Umurzoqova 2000-yilda Guliston davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1999-yilda Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasida suxandon sifatida boshlagan.
U 2018-yildan buyon Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limida yetakchi maslahatchi hamda bosh maslahatchi lavozimlarida samarali faoliyat yuritdi.
Hozirda boshqarmaning Huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Dilnoz Umurzoqovani ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar tilaydi.