Янгиликлар
16
Firibgarlik, korrupsiya, giyohvandlik kabi jinoyatlardan ogoh bo‘ling!
Oqoltin tuman adliya bo‘limi hamda tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida tumandagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida qarorda belgilangan vazifalar, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlarni turli salbiy illatlardan asrashning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, muloqotda firibgarlik, korrupsiya, giyohvandlik kabi jinoyatlarning jamiyat va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, bunday huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari hamda ularning oldini olish choralariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yakunda o‘quvhilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.