Янгиликлар
16
“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili amalda
Sirdaryo tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlik sub'ektlari vakillari o‘rtasida “Biznesni 15 daqiqada boshlash” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbir davomida yangi tartibning asosiy afzalliklari, xususan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etilgani, biznesni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari soddalashtirilib, xizmatlar ko‘rsatish muddatlari keskin qisqartirilgani haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Hujjatlarni rasmiylashtirishda inson omilini kamaytirish hamda vaqt va xarajatlarni tejash imkoniyatlari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.