Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Sirdaryo viloyat qon quyish stansiyasida firibgarlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi




Tadbirda Adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i I.Muhammadiyeva, Adolat SDP Guliston shahar Kengashi raisi F. Umurzakova, Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati E. Abduraxmonov, Ichki ishlar boshqarmasi xodimi A.Abduxalilov tomonidan firibgarlik, xususan, kiberjinoyatlar orqali sodir etilayotgan aldovlarning ko‘payib borayotgani, fuqarolarni turli havola va soxta ilovalar orqali ma’lumotlarini qo‘lga kiritish holatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun shaxsiy ma’lumotlar, bank kartasi rekvizitlari hamda SMS-kodlarni begonalarga bermaslik, shubhali qo‘ng‘iroq va xabarlarga ishonmaslik, rasmiy manbalarni tekshirish kabi tavsiyalar berildi.

Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.