Янгиликлар
17
FHDY arxiv hujjatlari manzilli ravishda topshirildi
Sirdaryo viloyatida fuqarolik holati dalolatnomalarini tartibga solish hamda arxiv hujjatlarini hududiy mansubligi asosida manzilli topshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, viloyat FHDY arxivida saqlanib kelgan Xovos, Xavotog‘, Savot, Xujamushkent, Jo‘langar, Login, Uch-Turgan va Chakand qishloq fuqarolar yig‘inlariga oid tug‘ilganlik, nikoh, nikohdan ajralish hamda o‘lim holatlari bo‘yicha dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalarini Jizzax viloyati FHDY arxiviga topshirish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi.
Shu asosda Jizzax viloyati Yangiobod tumani FHDY bo‘limiga tegishli barcha fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari inventarizatsiyadan o‘tkazilib, belgilangan tartibda Jizzax viloyati FHDY arxiviga topshirildi.
Mazkur ishlar arxiv hujjatlarining saqlanishini ta’minlash,fuqarolarga davlat xizmatlarini tezkor va qulay tarzda ko‘rsatishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.