Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Har qanday havola yoki "tezkor daromad" va’da qiluvchi xabarlarga ishonishdan oldin ularning haqqoniyligini tekshiring


Bugungi kunda texnologiyalar rivojlanishi bilan birga, firibgarlikning ham yangicha, murakkab usullari ko‘payib bormoqda. Shu munosabat bilan, fuqarolarning hushyorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda F. Umurzakova — "Adolat" SDP Guliston shahar Kengashi raisi, E. Abduraxmonov — Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati, A. Abduxalilov — Sirdaryo viloyati IIB Axborot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi, kapitan, I. Muxammadiyeva — viloyat adliya boshqarmasining bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mutaxassislar aholi va yoshlar o‘rtasida keng tarqalayotgan plastik kartalardan pul o‘g‘irlash, soxta xayriya aksiyalari va ijtimoiy tarmoqlardagi aldovlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Muloqot davomida kapitan A. Abduxalilov tomonidan raqamli olamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga oshkor etmaslik bo‘yicha hayotiy misollar keltirildi. Adliya boshqarmasi vakili esa bunday jinoyatlar uchun belgilangan qonuniy jazo choralari haqida tushuncha berdi.

Partiya vakillari bu kabi targ‘ibot tadbirlari mahallalar va ta’lim muassasalarida tizimli ravishda davom ettirilishini ta’kidladilar.