Янгиликлар
18
Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash - ustuvor vazifa
“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2026 yilda hududlar mas’ul rahbarlar va muassasalarga nomma-nom biriktirilib, mahallalardagi muammolarni manzilli hal etish mexanizmi joriy qilindi. Shu asosda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov Boyovut tumanida bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ayollar jinoyatchiligi, nizoli va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslar bilan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ularni joyida hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.