Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Sirdaryoda yana 279 nafar fuqaroning mulk huquqi e’tirof etildi




Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining tegishli qarori bilan yana 279 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari hamda ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqi rasman e’tirof etildi.

Mazkur qaror fuqarolarga o‘z mulklaridan to‘laqonli foydalanish, ularni qonuniy ravishda tasarruf etish, meros qoldirish, sotish yoki boshqa bitimlarni rasmiylashtirish imkoniyatini yaratadi. Bu esa aholining huquqiy manfaatlarini himoya qilish hamda mulk bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot uchun, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi doirasida bugungi kunga qadar viloyat bo‘yicha jami 1277 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari qonuniy asosda tan olingan.