Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Guliston markaziy dehqon bozorida yashirin iqtisodiyotga qarshi tadbir o‘tkazildi




Guliston shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan Guliston markaziy dehqon bozori hududida targ‘ibot va sayyor xizmat tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida bozorda faoliyat yuritayotgan, biroq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ishlayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda yuritishning afzalliklari, soliq tizimidagi yengilliklar hamda davlat tomonidan yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbir jarayonida bir qator fuqarolar joyida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, ularga tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda davom ettirish uchun zarur maslahat va ko‘maklar ko‘rsatildi.