Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Xotin-qizlar huquqlarini ta'minlash va jinoyatchilikning oldini olish - muhim vazifa



Shirin shahar FHDY bo‘limi va oila xotin-qizlar bo‘limi tomonidan "Nurobod" MFYda xotin-qizlar va aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ-2-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda firibgarlik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan firibgarlik holatlari, ularning oldini olish yo‘llari hamda bunday vaziyatlarda murojaat qilish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning oilaviy, mehnat va ijtimoiy sohadagi huquqlari, davlat tomonidan yaratilayotgan huquqiy kafolatlar, nikoh shartnomasi va uning afzalligi, to‘y-hashamlarni qisqartirish haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.