Янгиликлар
19
Huquqiy avtokarvon Sayxunobodning olis va chekka hududlarida
Sayxunobod tumanida sayyor davlat xizmatlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi manzil Paymart mahallasi bo‘ldi.
Tadbir davomida ro‘yxatdan o‘tmagan dehqon xo‘jaliklarini qonuniylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada jami 37 nafar fuqaroning dehqon xo‘jaliklari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga guvohnomalar topshirildi.
Shuningdek, YIDXP orqali onlayn arizalar shakllantirish, elektron raqamli imzo olish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Yer-mulk munosabatlariga doir masalalarda kadastr ro‘yxatiga olish tartibi, ariza va hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘mak berildi. Bundan tashqari, shaxsiy va mulkiy huquqlar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi.