Янгиликлар
19
Ulugʻbek mahallasida voyaga yetmaganlarga ilk bor tugʻilganlik guvohnomalari topshirildi
Sirdaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Ulugʻbek mahalla fuqarolar yigʻini tashabbusi asosida yana bir muhim ijtimoiy masala ijobiy hal etildi. Mahalla murojaatiga ko‘ra, Sirdaryo tumani 1-sonli FHDY boʻlimi tomonidan amaliy yordam koʻrsatilib, ilgari tugʻilganlik qaydi rasmiylashtirilmagan voyaga yetmaganlarga ilk bor tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar berildi.
Xususan, Ulugʻbek mahallasida istiqomat qiluvchi loʻli millatiga mansub Z.Nurmatova, D.Nurmatov hamda D.Turgunovning tugʻilganlik holati belgilangan tartibda qayd etilib, ularga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi.
Endi ular taʼlim, tibbiy xizmat va boshqa ijtimoiy himoya mexanizmlaridan to‘laqonli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.