Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

YURIDIK XIZMAT KO'RSATILADIGAN TASHKILOTLARDA SO'ROVNOMA O'TKAZILMOQDA



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qaroriga muvofiq, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining asosiy vazifalaridan biri davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga koʻmaklashish hisoblanadi.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari bugungi kunda nafaqat huquqiy maslahat va hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish, balki tashkilotlar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida ham tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Ayni kunlarda Sirdaryoda Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlari hamda aholi o‘rtasida korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.