Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Kontrafakt mahsulotlar savdosiga chek qoʻyildi



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga “Vodiy kimyo sanoat” MCHJ tomonidan murojaat kelib tushib, unda jamiyatga tegishli “Aprel” tovar belgisiga o‘xshash mahsulotlar ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdoga taklif qilinayotgani ma’lum qilingan.

Mazkur murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv tadbirlari davomida Guliston shahridagi eski bozor hududida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritib kelayotgan “K.I.” tomonidan iste’molchilarni adashtirish darajasida o‘xshash tarzda tayyorlangan “Aperol” nomli kontrafakt mahsulotlar savdoga qo‘yilgani aniqlangan.

Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanilib, noqonuniy muomaladagi mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi.